Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga rahbar tayinlandi

Samarqand shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Akram Egamovning 2020 yil 9 oktyabrdagi qaroriga asosan Mamatov Ahmadjon Azimovich Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ahmadjon Mamatov shu kunga qadar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Badriddin Nasriyev nafaqaga kuzatilgani haqida xabar qilgan edik.