Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi bayramni ko‘ngildagidek o‘tishi uchun nima qildi?

Yaqinda shahrimizda bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivaliga Samarqand shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi ham puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Joriy yilning avgust oyidan boshlab Registon maydoni atrofida yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilyapti va shu hududda joylashgan uylar birma-bir nazorat qilib kelinmoqda. Xonadon egalariga tushuntirishlar berilib, har xil ko‘ngilsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish uchun hushyorlik bilan yondashish kerakligi ogohlantirilyapti.

Shuningdek, Registon maydonidagi gidrantlar (yer osti suv olgichlari) ham qayta ta’mirlanib, bayramga mas’ul xodim hamda xizmat mashinalari biriktirildi va kerakli texnik-qurilmalar tegishli joylarga o‘rnatildi.

Feruz Mahmatqulov,

Samarqand shahar yong‘in xavfsizligi

bo‘limi katta inspektori, kapitan.