Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri Al-Farobiy mahallasidagi xonadonlarga toshgan suv tortib olindi

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Samarqand viloyati FVB navbatchilik qismiga Samarqand shahri hududida joylashgan Al-Farobiy mahallasida bir necha xonadonlarga suv toshganligi haqida xabar kelib tushgan.

Yuz bergan hodisaning asosiy omili, Jarariq kanalining drenaj kollektoriga maishiy chiqindilar tiqilib, qurilmaning suv o‘tkazuvchanligi kamaygan.

Samarqand viloyati FVB qutqaruvchilar guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, kollektorni tozalash ishlarini bajardilar. Drenaj kollektoriga to‘lib qolgan chiqindilarni tozalash ishlari ikki soatga cho‘zildi.

Shuningdek, qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlardan foydalangan holda bir nechta xonadon va ularning yerto‘lalariga toshgan suvni tortib olishdi.