Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga bosqichma-bosqich barham berilmoqda

Joriy yilda Samarqand shahri aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 420 ta simyog‘ochlar temir-beton ustunlarga almashtirildi. Shuningdek, 351 kilometr tarmoq, 162 ta TP mukammal ta’mirlandi. 400 kilometr havo elektr liniyalari hamda 412 ta transformator joriy ta’mirlandi va 20 dan ortiq mahallada elektr ta’minotini yaxshilashga erishildi.

2020 yilda 260 kilometr tarmoqlarni himoyalangan elektr simlariga almashtirib, 360 kilometr tarmoqni mukammal hamda 500 tadan ortiq transformatorlarni mukammal va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 1200 ta yog‘och ustunlar o‘rniga temir-beton ustunlar o‘rnatilib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga bosqichma-bosqich barham beriladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.