Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali o‘rnatiladi

Viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

’’Mahmudxo‘ja Behbudiy haftaligi’’ doirasida tashkil etilgan tadbirda ma’rifatparvar bobomiz haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Viloyat hokimligi, ta’lim muassasalari vakillari, shoir va yozuvchilar buyuk ma’rifatparvar olimning hayoti va faoliyati, ilmiy-adabiy merosi haqida so‘z yuritishdi.

Yaqin kelajakda Samarqand shahri markazida Mahmudxo‘ja  Behbudiy haykali o‘rnatilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.