Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi 27-avtobus yo‘nalishiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi

Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ta’mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi boshlanganligi munosabati bilan yuzaga kelayotgan tirbandlikning oldini olish maqsadida Mir Said Baraka ko‘chasining Bahodirxon ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining bir tomonlama harakatlanish tartibi joriy etildi.

Shu sababli “Temiryo‘l ABB – Obod maskan mahallasi” yo‘nalishida qatnovchi 27-avtobus Gagarin ko‘chasi orqali Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga chiqib, o‘z yo‘nalish jadvali bo‘yicha davom etadi, deb xabar bermoqda viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati.