Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi Islohot ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan axborot berildi

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (DYoXX) 20 sentyabr kuni soat taxminan 9:00 atrofida Samarqand shahrining Islohot ko‘chasidagi 15-uyda yuz bergan yong‘in yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Xabar berishlaricha, ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmasi ko‘rsatilgan manzilga 10 daqiqa ichida yetib borgan vaqtda uyning tom qismi quyuq tutun bilan qoplangan bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 15-uyda yashovchi fuqaro L.K. xonadonining 18 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va uy jihozlari hamda fuqaro D.P. xonadonining 21 kvadrat metr maydonida tomi va shifti yonib zararlangan.

Yong‘indan uyning 70 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hodisaning taxminiy sababi elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.