Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand sudyalari teatrga bordi

Yaqinda Samarqand viloyat sudi sudyalari va sud idoralari xodimlari viloyat musiqali drama teatrida bo‘lishdi.

Yangi yilni yangi ijod bilan boshlagan teatr jamoasi sud-huquq tizimi xodimlariga yangi spektakl - “Tazarru” asarini namoyish etdi.
Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish, hayajon bilan qarshi olingan spektaklda bugungi hayotimizda uchrayotgan salbiy illatlar, farzand tarbiyasi asosiy mavzu qilib olingan. Asarda ayrim oilalar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan oddiygina xatolar ortidan kelib chiqadigan muammolar yoritilgan.

Spektakl yakunida sudyalar va sud xodimlari asar muallifi F.Toshev va rejissyor G‘.Mardonov bilan spektaklning sahnalashtirish jarayonlari va teatr jamoasining kelgusida rejalashtirgan asarlari haqida suhbatlashdi.

Viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi.