Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Usmonov Farrux Mustafoyevich – Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. F.Usmonov 1976 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. 1998 yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Davlat soliq xizmatidagi faoliyatini 1999 yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi «Tushumlarni hisobga olish va hisobotlarni qabul qilish» bo‘limi davlat soliq inspektori vazifasidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar viloyat davlat soliq boshqarmasi «Soliq solish bo‘yicha maslahat» bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.