Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Negmatov Bahodir Aminovich tayinlandi.

Bahodir Negmatov 1970 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar B.Negmatov viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.