Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti jamoasi Orol bo‘yida daraxtlar ekishda qatnashdi

Samarqand Veterinariya meditsinasi institutining professor o‘qituvchilari va bir qator talabalari “Yashil o‘lka” aksiyasi doirasida Orol bo‘yida daraxt ekish hasharida ishtirok etishdi.

Aksiya doirasida talabalar va institut professor o‘qituvchilari tomonidan saksovul va boshqa daraxt nihollari ekildi.

Shuningdek, bu yerda mehnat qilayotgan ko‘ngillilarga Samarqand noni va boshqa milliy shirinliklar tortiq etildi. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, daraxt ekayotganlarga palov tayyorlash uchun masalliqlar ham yetkazildi.