Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyat sudlari rahbarlari sayyor qabul o‘tkazadi

Joriy yilning 9 avgust kuni Samarqand viloyati fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlari raislarining hamkorlikdagi sayyor qabuli o‘tkaziladi. Sayyor qabul soat 10:00 dan 12:00 gacha Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasida, shu kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha Kattaqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.

Sayyor qabulda tadbirkorlar va fuqarolar o‘z yechimini topmayotgan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qilinadigan masalalar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.