Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov: Imzo – rahbarning sha’ni

Bu bor gap, shuning uchun ham har bir shaxs o‘zining qog‘ozga tushadigan shaxsiy imzosining chiroyli, bejirim, e’tiborli bo‘lishiga intiladi.

Imzo – shaxsiy hujjat. Birovning nomidan imzo qo‘yib yuborish jinoyat hisoblanadi. Demoqchimanki, davlat tomonidan shaxs imzosining himoyasi qonun yo‘li bilan kafolatlangan.

Binobarin, imzo – shaxsiy mas’uliyat ham. Biror hujjatga imzo qo‘ygan kishi matndagi har bir so‘z uchun javob berishi ham zarur.

Ming afsuski, joylardan kelayotgan ma’lumotnomalar, qaror va buyruqlarni o‘rganganimda ularning muayyan qismida imzolar hech qanday mas’uliyatsiz, matnni o‘qimasdan, rahbar huzuriga olib kelgan shaxs “kafolati”ga ishonib chekib yuborilganini ko‘rayapman. Natijada juda ko‘plab bunday hujjatlarni bekor qilishga imzo chekkan kishini jazolashga to‘g‘ri kelayapti. Hujjatlarni o‘rganmasdan turib, noto‘g‘ri imzo chekib yuborgan rahbarlar bugun qonun oldida javob bermoqda.

Demoqchimanki, har bir kishi oddiy fuqaromi, rahbarmi, qat’iy nazar, hujjat ostiga imzo qo‘yishdan avval matnni sinchiklab o‘qib chiqishi lozim. Negaki imzo rahbarning mas’uliyati va madaniyati saviyasini ko‘rsatib turadi.