Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimligi stipendianti bo‘lgan 20 nafar magistr talabaga yarim yil 1 million so‘mdan naqd pul beriladi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirma beshinchi sessiyasida bu boradagi taklif ma’qullandi.

Qayd etilganidek, stipendiya tanlovi viloyatda iqtidorli yoshlarni kashf etish, iste’dod sohiblariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlash, ijod va bilim cho‘qqilarini egallashlariga ko‘mak berish, intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda ularni moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadlarini ko‘zlagan.

Sessiya qarori bilan viloyat hokimligining stipendiyasini tashkil etish va uni tayinlash to‘g‘risida Nizom, oliy ta’lim muassasalari ishchi guruhi faoliyatini muvofiqlashtirish va nomzodlarni saralash bo‘yicha viloyat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Komissiyaga 10 kun muddatda ariza topshirgan nomzodlardan 20 nafarini nizom talablari asosida saralash vazifasi topshirildi.

G‘oliblarga 6 oy davomida mahalliy byudjetning daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasining alohida shaxsiy hisob varag‘i tashkil qilinib, naqd pul shaklida 1 million so‘mdan stipendiya berilishi belgilandi.

“Samarqand viloyati hokimligining stipendiyasi” g‘oliblarini oliy ta’lim muassasalarini tamomlagandan so‘ng viloyat hokimligining “Samarqand kelajak javohirlari” istiqbolli yosh kadrlar zaxirasi ro‘yxatiga kiritiladi.