Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimligi va Boshqirdiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Boshqirdiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, ishbilarmon doira vakillari va va yirik ish beruvchi kompaniya rahbarlari bilan uchrashdi.

Samarqand viloyati iqtisodiyot taraqqiyot boshqarmasining xabar berishicha, ishtirokchilarga O‘zbekistonning mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan tizimli ishlari, bu boradagi Davlat rahbarining siyosati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov hamda Boshqirdiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mas’ullari ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishni muhokama qildilar.

Shundan so‘ng Samarqand viloyati hokimligi va Boshqirdiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida miratsiya masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari Boshqirdiston migratsiya markazida ham bo‘lib, u yerdagi sharoit va xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.   O‘zaro muloqotda ushbu migratsiya markazida Respublikamiz tashqi migratsiya agentligining vakolatxonasini tashkil qilishga kelishib olindi