Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati IIB YHX boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi

Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham havo harorati 40 gradusdan yuqori bo‘lmoqda. Samarqand viloyati IIB YHX boshqarmasi yozning jazirama kunlarida ota-onalarga ogohlantirish bilan chiqdi.

“Hurmatli ota-onalar! Kunduz vaqtida havo harorati oshib bormoqda. Yosh bolalar va keksa kishilarni issiqlik urishi ehtimoli yuqoriligi to‘g‘risida ogohlantirmoqchimiz. Farzandlaringizni avtomobilda oynalar ochiq holda ham qoldirmang”, - deyilgan xabarda.