Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati va Chunsin shahri o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi

Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlari ishtirokidagi ikkinchi forum bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur forumda mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ham qatnashmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 14 may kuni E.Turdimovning Chunsin shahri meri Tan Lyanchji bilan uchrashuvida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar yakunida Chunsin shahri va Samarqand viloyati o‘rtasida qurilish, logistika, sanoat, kichik va o‘rta biznes, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, sport va boshqa sohalarda investitsiyalarni jalb etish borasida kelishuv memorandumi imzolandi.