Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida 3 ta ixtisoslashtirilgan elita urug‘chiligi xo‘jaliklari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Unga muvofiq, qishloq xo‘jalik ekinlarining birlamchi urug‘chiligi va ko‘chatlarini tashkil etish uchun viloyatda 300 gektar sug‘oriladigan yer maydoni ajratiladi. Qishoq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarni urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida tuman markazlarida urug‘lik materiallarini realizatsiya qilish shoxobchalarini qurish uchun yer maydoni ajratiladi. Alohida yer maydoni ajratilmagan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda foydalanilmayotgan bino va inshootlar nol qiymatda operativ boshqaruv huquqi bilan urug‘chilikni boshqarish markazining hududiy boshqarmalariga o‘tkaziladi.

Chora-tadbirlar rejasiga asosan Samarqand viloyatida 3 ta ixtisoslashtirilgan elita urug‘chiligi xo‘jaliklari tashkil etiladi. Ularning har biriga suvli va unumdor maydonlardan 100 gektardan yer ajratilib, urug‘chilikni rivojlantirish markazining hududiy boshqarmalari tasarrufiga o‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan elita urug‘chiligi xo‘jaliklarining har birida 40 gektardan maydonda urug‘lik paxta va g‘alla, 20 gektarda boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining superelita va elita urug‘lari yetishtiriladi.