Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida 40 ming nafardan ortiq fuqarolarga bir martalik moddiy yordamlar berildi

Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida 2020 yilning sentyabr oyida aholining quyidagi uch toifasiga bir martalik moddiy yordamlar berilishi ko‘zda tutilgan edi:

  1. Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga («Temir daftar») kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  2. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  3. Nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga.

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to‘lmagan bolalari uchun 500 ming so‘m etib belgilangan.

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha bir martalik moddiy yordam oluvchi (farzandlar soni bo‘yicha) jami 330 668 nafar fuqarolarga 165 334,0 million so‘m miqdoridagi mablag‘lar to‘lanishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar joriy yilning 8 sentyabr kuni Pensiya jamg‘armasi tomonidan AT “Xalq banki” va boshqa tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirildi.

Samarqand viloyati bo‘yicha 40 274 nafar fuqaroga 19 924 million so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘lab berildi.