Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanishi

Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi jamiyat farovonligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Resurslar sarfini tejovchi samarali innovatsion iqtisodiyotni barpo etish jarayonida xizmatlar sohasi alohida o‘rin tutadi. Chunki u tovar ishlab chiqarish bilan taqqoslaganda, materiallar sarfining kamligiga, xarajatlarning tez qoplanishi va yuqori daromadlilikka ega.

Mazkur soha xalqaro korporatsiyalar, banklar, aviakompaniyalar, kompyuter markazlari, telekommunikatsiyalar, sug‘urta, yuridik va konsalting firmalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlarni qamrab oladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8547,0 milliard so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 673,9 milliard so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,3 foizni tashkil qildi.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi.