Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi bilan shu paytgacha Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentimizning ushbu tavsiyasi xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Davlatimiz rahbari viloyat rahbarlari va faollari oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

- Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya jarayonini faollashtirib, yangi korxonalar qurish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish eng muhim va ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. O‘tgan yili viloyatda 448 ta ob’yekt ishga tushirilib, 8 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Lekin Samarqanddek katta salohiyatga ega hudud uchun bu yetarli emas, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu maqsadda 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan 968 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgani, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda yirik sanoat korxonalari tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Samarqandning turizm salohiyatidan foydalanish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.