Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimining qarori

Samarqand viloyatining 2019 yilgi mahalliy byudjeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2013 yil 31 dekabr, 52-(1)-son) 28, 99-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 13 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi SQ-348-III-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga mo‘ljallari to‘g‘risida"gi PQ-4086-sonli qarori hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2018 yil 26 dekabrdagi "Samar­qand viloyatining 2019 yilgi mahalliy byudjet parametrlari to‘g‘risida"gi 329/59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi JK/20-01-32-10/724-sonli xati hamda "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalariga asosan QAROR QILAMAN:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga mo‘ljallari to‘g‘risida"gi PQ-4086-sonli va xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2018 yil 26 dekabrdagi "Samarqand viloyatining 2019 yilgi mahalliy byudjet parametrlari to‘g‘risida"gi 329/59-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Quyidagilar:

Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2019 yilgi parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

Samarqand viloyati shahar va tumanlari bo‘yicha 2019 yilgi daromadlari, xarajatlari va ijtimoiy soha uchun transfertlari hajmi 2-ilovaga muvofiq;

Samarqand viloyati shahar va tumanlari mahalliy byudjetlarining 2019 yilga zaxira jamg‘armasi mablag‘lari miqdori 3-ilovaga muvofiq;

Samarqand viloyati shahar va tumanlari mahalliy byudjetlarining 2019 yilga aylanma kassa mablag‘lari me’yorlari 4-ilovaga muvofiq;

2019 yilda daromad va soliqlar tushumlaridan viloyatdagi shahar va tumanlarning byudjetlariga ajratmalar me’yori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Viloyat hamda shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qo‘shiladigan daromadlar tegishli byudjet parametrlarida ko‘zda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmasin.
  2. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev):

daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash maqsadida shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga viloyat mahalliy byudjetidan maqsadli transfertlar va ssudalar ajratishda hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushirilishini nazoratga olsin;

ish haqi, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha viloyat mahalliy byudjetining xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirsin.

  1. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan ish haqi, nafaqalar va unga tenglashtirilgan to‘lovlar viloyat, tuman va shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan xarajatlari parametri doirasida amalga oshirilsin.
  2. Shahar va tumanlar hokimlari viloyat byudjetidan byudjet ssudalari olish uchun so‘rovnoma kiritishda ularni qoplash muddati va manbalari to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim etishi lozimligi belgilab qo‘yilsin.
  3. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (Sh.Xudoyberdiyev), viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat "Suvoqova" ishlab chiqarish davlat korxonasi (K.Yusupov) suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy holatini qat’iy nazorat qilish, ularning moliyaviy oqimlari ustidan monitoring olib borishni ta’minlasin, kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘larni undirish choralarini ko‘rsin va mablag‘lar yetmagan hollarda, asosiy qarz va foiz to‘lovlarining qoplanmagan qismini viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan qoplanishi yuzasidan zaruriy choralar ko‘rsin.
  4. Mazkur qaror "Zarafshon" va "Samarqandskiy vestnik" gazetalarida e’lon qilinsin hamda hokimlikning samarqand.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qi­lingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev zimmasiga yuklatilsin.

 

Viloyat hokimi vazifasini

bajaruvchi E.TURDIMOV

2019 yil 8 yanvar. № 13-Q.