Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 1 tonnalik palov tayyorlanadi

Viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilanishicha, 27 sentyabr kuni Samarqand shahridagi barcha madaniy meros ob’yektlariga kirish bepul amalga oshiriladi. Ruhobod majmuasidagi Hunarmandlar markazida konsert dasturi namoyish etiladi. Shuningdek, shahardagi Islom Karimov ko‘chasi, Registon maydoni atrofida va boshqa turistik maskanlarda Samarqand sayyohlik salohiyati bo‘yicha taqdimotlar, milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazma-savdolari tashkil etiladi.

Shu kuni oqshom Registon maydonida mahalliy aholi va sayyohlar uchun 3D mepping shousi namoyish etiladi.

28 sentyabr kuni Islom Karimov ko‘chasida tadbirlar davom etadi va kechga yaqin “Bibixonim” choyxonasida “Mega palov” tadbiriga hozirlik boshlanadi. “Mo‘’tabar zardo‘z” xususiy korxonasi tashabbusi bilan bu yerda 1 tonnalik palov tayyorlash rejalashtirilgan. Buning uchun Farg‘onadan 2 tonnalik ulkan qozon Samarqandga keltirildi.

29 sentyabr kuni bir tonnalik osh tayyorlash jarayonini xorijlik sayyohlar bevosita kuzatib borishadi.