Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 10 oyda chakana va ulgurji savdo aylanmasi 7,4 foizga o‘sdi

Viloyatimizda joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida chakana savdo aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 10981,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Buni o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 107,4 foizga o‘sdi.

Kuzatilayotgan davrda chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalarning chakana savdo hajmi 1477,6 milliard so‘m (o‘sish 153,3 foiz)ga yetdi va jami viloyat chakana savdo aylanmasidagi ulushi 13,5 foizni tashkil qilmoqda.

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalarning chakana savdo aylanmasi 2900,3 milliard so‘m miqdorida baholandi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,5 foiz (jami chakana savdo aylanmasining 26,4 foizi)ni tashkil qildi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning chakana savdo aylanmasi 6603,9 milliard so‘m va o‘sish 100,3 foiz (jami viloyat chakana savdo aylanmasidagi hissasi 60,1 foiz)ga yetdi.

O‘tgan davr mobaynida viloyatda 4456,7 milliard so‘mlik ulgurji savdo aylanmasi kuzatildi va o‘tgan yilning o‘n oyi bilan solishtirilganda 106,5 foiz o‘sish qayd etildi. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan yirik korxonalarning savdo hajmi 1338,3 milliard so‘mga yetdi (o‘sish 2018 yil 10 oyiga nisbatan 120,8 foiz)ni tashkil qildi (jami viloyat ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi 30 foiz).

Kichik korxona va mikrofirmalar esa 3118,4 milliard so‘m miqdorida ulgurji savdo aylanmasi (jami viloyat ulgurji savdo aylanmasi hajmidagi ulushi 70 foiz) qayd etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati.