Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 2 kilogramm marixuanani 9000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

2020 yilning 12 oktyabr kuni soat 13:00 da Urgut tumani IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida Past Darg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli S.M. o‘zi yashab kelayotgan uyi hovlisida marixuana ekib parvarishlab, saqlab kelayotgani aniqlangan. U “marixuana” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga har bir kilogramini 4.500 AQSh dollaridan sotishga kelishib, unga 2 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasining pullarini olish uchun kelgan vaqtida ushlangan va xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan giyohvandlik o‘simligi “marixuana” giyohvandlik moddasi turiga kirishligi hamda uning sof og‘irligi 2053 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro S.M.ga Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan hamda protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.