Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 6693 ta doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oilalar kambag‘allik ro‘yxatidan chiqariladi

Viloyatda “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida qishloqlarni ixtisoslashtirish tadbiri doirasida muhtoj oilalarga 100 ming tupdan ortiq ko‘chat, 500 yaqin asalari uyalari, 138 ming bosh jo‘ja, 2 mingdan ortiq chorva mollari tarqatilib, 1000 ta yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilgan.

Pandemiya sharoitida turmush sharoiti og‘irlashgan oilalardagi ishsizlar bandligini ta’minlash va daromad manbaini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Vaqtinchalik tartib”ga asosan oilalarni turmush tarzi qayta o‘rganib chiqilgan.

Mavjud holatdan kelib chiqib, 6693 ta doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oilalarni kambag‘allik ro‘yxatidan chiqarish masalasi sektor rahbarlari tomonidan mahalliy Kengashlar muhokamasiga kiritilgan.

Shuningdek, 54 ming 780 nafar fuqarolarning bandligi va daromadini ta’minlash bo‘yicha iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va qurilish komplekslar kesimida chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, 1 966 nafari oilaviy tadbirkorlikka, 1 584 nafari hunarmandchilik, 5 459 nafari jamoat ishi, 5 536 nafari sanoat va qishloq xo‘jalik loyihalariga, 731 nafari kooperatsiya asosida, 5 818 nafari takroriy ekin ekishga va 4 046 nafari qurilish ob’yektlariga jalb etiladi. Yana 18 827 nafar aholi o‘zini-o‘zi band qilishi ta’minlanadi.