Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda adliya boshqarmasi 1,5 milliard so‘mlik 100 ga yaqin da’vo arizalari kiritgan

Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev zarnews.uz ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Shunga ko‘ra, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020 yilda jismoniy shaxslar manfaatini ko‘zlab 1 milliard 506 million 668 ming so‘mlik 94 ta da’vo arizalari kiritilgan.

2020 yilning 31 dekabr holatiga 895 million 149 ming so‘mlik 49 ta da’vo ariza qanoatlantirilgan. 610 million 519 ming so‘mlik 47 ta da’vo ariza sudlarda ko‘rib chiqish jarayonida.

Shahar va tuman adliya bo‘limlari tomonidan ushbu davrda 2 milliard 671 million 523 ming so‘mlik 861 ta da’vo ariza kiritilgan. 2 milliard 571 million 669 ming so‘mlik 814 ta da’vo ariza qanoatlantirilgan.