Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda bugun navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tadi

Bugun – 8 fevral kuni Samarqand viloyat hokimligida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdan tashqari oltmish birinchi sessiyasi bo‘ladi.

Videoselektor tarzida o‘tkaziladigan sessiya ishida Samarqand viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy sanitariya yordami sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash, kadrlash ta’minotini yaxshilash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tahlil etiladi.

Shuningdek, sessiyada boshqa masalalar ham ko‘rilishi kutilmoqda.

Saytimizni kuzatib boring. Bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.