Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “Butunjahon talabalar sammiti” bo‘lib o‘tadi

Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-sonli qaroriga muvofiq, 2020 yilning 4 dekabr kuni onlayn tarzda “Butunjahon talabalar sammiti” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammitning maqsadi:

- Samarqandda turizm bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ta’lim va biznes hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda tavsiyalar ishlab chiqish;

- Yoshlarni turizmga qiziqtirish va milliy turizmni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi loyihalar yaratish;

- Top turistik mamlakatlarning turizm sohasida erishgan yutuqlarini o‘rganish, Samarqand viloyati imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “Milliy turizmni yanada rivojlantirish strategiya”sini ishlab chiqish.

Sammit quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:

  1. Turizm
  2. Iqtisodiyot.
  3. Xalqaro munosabatlar.
  4. Diplomatiya va madaniyatlararo muloqot.

Hamkor tashkilotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti.

Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeooVGJC9-zYQ1vYdPO5-EE7_A6clEv2f6rc84eZRv8FlesZg/viewform

Murojaatlar uchun telefon: +998994103647

E-mail: suyunov.sh.n@gmail.com