Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda chet tili fani o‘qituvchilari test sinovlarini topshirdi, 1 nafar o‘qituvchi imtihondan chetlatildi

Avval xabar qilganimizdek, 2020 yilning 23-24 dekabr kunlari Samarqand viloyatidagi chet tili fani o‘qituvchilarining bazaviy oylik maoshlariga ustama belgilash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Bugun 1-navbatda qatnashishi kerak bo‘lgan 93 nafar o‘qituvchidan 87 nafari imtihonga keldi. 6 nafari turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga qatnashmadi. 1 nafar o‘qituvchi telefondan foydalangani uchun imtihondan chetlatildi.

2-navbatda esa test sinovlariga 42 nafar o‘qituvchidan 34 nafari keldi, 8 nafar o‘qituvchi imtihonga qatnashmadi.

Chet tili o‘qituvchilariga ustama belgilash uchun bo‘lib o‘tayotgan imtihonlar bosqichma-bosqich bo‘lib, yetarli ball to‘plagan o‘qituvchilarga 3 yil amal qilish muddatiga ega sertifikat beriladi.

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi.