Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda erkak rashk tufayli opa-singilni pichoq bilan jarohatladi

Joriy yilning 8 avgust kuni soat 15:00 lar atrofida Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32-uyda joylashgan savdo do‘koni oldida fuqaro A.S. o‘zining tanishlari M.Z va uning opasi M.Z.lar bilan rashk oqibatida janjallashib qoladi. Janjal vaqtida A.S. o‘zining yonida bo‘lgan xo‘jalik ishlarida ishlatiladigan o‘tkir-kesuvchi pichoq bilan opa-singillarni tanalarining yuz va boshqa sohalarini bir necha marotaba kesib, ularga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari yetkazgan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan shu kuni A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2019 yil 9 avgust kuni A.S. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. Bu haqda Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar bermoqda.