Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda fuqaroni 55 ming dollarga chuv tushirgan 26 yoshli yigit qo‘lga olindi

Joriy yilning iyul oyida 26 yoshli G‘olib A. o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 33 yoshli Dilshod D.ning ishonchiga kirib, O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga “meva” mahsulotlarini eksport qilishini vada bergan.

Biznes orqasidan ko‘rilgan foydaning bir qismini unga berishini va’da qilib, 55.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘olib A.ga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir qilingan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda ushbu pullarni nima maqsadda sarflaganligi va ularni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.