Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ixtisoslashtirilgan maktablarga test sinovlari o‘tkazilmoqda

Bugun Samarqand shahridagi “Lokomotiv” hamda “Nurafshon” stadionlarida viloyatdagi 10 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari (IDUM) va 3 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatlari (IDUMI)da o‘qish istagida bo‘lgan 5- va 7-sinf o‘quvchilari uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur test sinovlarida ishtirok etish va IDUM va IDUMIlarda ta’lim-tarbiya olish istagida bo‘lgan jami 1392 nafar o‘quvchidan arizalar kelib tushgan.

IDUMIlar uchun o‘tkazilayotgan test sinovlariga 377 nafar o‘quvchidan 76 nafari, IDUMlar uchun o‘tkazilayotgan test sinovlariga esa 1015 nafar o‘quvchidan 103 nafari imtihonga kelmadi.

O‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan chet tili, aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha 5-7-sinf darsliklari doirasida tuzilgan test savollari natijalariga ko‘ra saralab olinadi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 570 nafar o‘quvchi IDUM va IDUMIlarga qabul qilinadi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.