Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda nohaq ayblangan 8 kishi oqlangan

Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi 11-sessiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi O.Hayitov axborot berdi.

Qayd etish lozimki, mazkur sessiya ishi sinov tariqasida ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn tarzda yoritibborildi.

Unda dastlab odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida viloyat sudlari raislari axborot berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tuman va shahar sudlari tomonidan o‘tgan olti oyda 1870 nafar shaxsga nisbatan 1518 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan. Tamomlangan ishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 ta yoki 0,8 foizga, shaxslar soni esa 69 nafarga yoki 4,5 foizga ko‘paygan.

Tamomlangan ishlar bo‘yicha 445 nafar ayollar, 82 nafar voyaga yetmaganlar, 145 nafar 60 yoshdan oshgan shaxslar 1365 nafar shaxsga nisbatan ayblash haqida hukmlar chiqarilgan.

Tamomlangan jinoyat ishlarining 33,3 foizi yoki 505 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.

Sudlangan 1365 nafar shaxslarning 320 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. Yana 503 nafariga ozodlikni cheklash, 25 nafariga majburiy jamoat ishi, 388 nafariga axloq tuzatish ishlari, 114 nafariga jarima, 15 nafariga shartli hukm tayinlangan.

O‘tgan davr mobaynida ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha 160 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilingan. Shuningdek, 392 ta jinoyat ishi taraflarning yarashganliklari munosabati bilan tugatilib, 413 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

Viloyat sudlarining barcha instansiyalarida 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 8 nafar shaxslar oqlangan. Biroq sessiya ishid aberilgan axborotda sudda abjag‘i chiqib, oxir-oqibat sudlanuvchilarning oqlanishiga olib kelgan «delo»larning qanchasi prokuratura, yana qanchai DXX va IIB tergovchilari «ijodiga» to‘g‘ri kelishi ochiqlanmadi.

Balki, bu ishlar burmuncha oldin ochilgan, noqonuniy jabrlanganlar bir muddat jazodan ozod qilish muassasalar “tuprog‘ini yalab” ulgurgandi. Yoki tergovda sifat hamon muammosi bo‘layotgandir...

Kengash raisi ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan munosabatlar asosli javob qaytarish taklifini berdi. O‘ylaymizki, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi qayd qilingan savollarga ham javob qaytaradi.