Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda olti kun ichida 5708 nafar abituriyent imtihonga kelmadi

Avval xabar qilganimizdek, Samarqandda test sinovlari 7 ta ochiq maydonda o‘tkazilyapti.

7 sentyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan test sinovlariga jami 884 nafar abituriyent kelmadi.

DTM viloyat bo‘limining Zarnews.uz muxbiriga xabar berishicha, birinchi navbatda 508 nafar abituriyent testga kelmagan bo‘lsa, 7 nafari belgilangan qoidalarni buzgani uchun testdan chetlashtirildi.

Ikkinchi navbatdagi sinovlarda esa 376 nafar abituriyent test o‘tkaziladigan joylarga kelmadi, 5 nafari qoidani buzgani uchun sinovlardan chetlashtirildi.

Hali bunaqasi bo‘lmagandi. 2 sentyabrdan 7 sentyabrga qadar Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarning 5708 nafari test sinovlariga kelmadi.