Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ona-bolaning hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 2 dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan xonadonda istiqomat qiluvchi, 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, uyida yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida xabar beradi.

Voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va o‘t o‘chirish guruhi shaxsiy tarkibi 04:25 da yetib borib, zudlik bilan yong‘inni o‘chirishdi.

Olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida tutun bilan to‘lgan xonadon ichidan 2 nafar fuqarolar - 1986 yilda tug‘ilgan I.N. va uning qizi, 2006 yilda tug‘ilgan G.A. olib chiqilib, ularning hayoti saqlab qolindi.

FVV xabariga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisada jablanganlar yo‘q.

Yong‘in uyning hammomida elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.