Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda o‘tkazilgan test sinovlarida 2443 nafar abituriyent qatnashmadi

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar Samarqand shahridagi beshta katta sig‘imli binoda ikki navbatda (har bir navbatda 3060 nafardan) test sinovlaridan o‘tdi.

– 29 iyuldan 14 avgustgacha  96 ming 197 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan edi, – deydi Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Nosir Eshonqulov. – Biroq ularning 2307 nafari imtihonlarda qatnashmadi. 136 nafar abituriyent shpargalkadan foydalangani, belgilangan talablarni bajarmagani va birovning o‘rniga kirishga uringani uchun imtihondan chetlatildi.

Bugun, ya’ni 14 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar ertaga o‘z ballarini Davlat test markazi sayti orqali bilib olishlari mumkin.