Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish YTH natijasida ikki kishi qurbon bo‘ldi

Kecha, 23 iyul kuni soat 04:00 larda Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasida “Islom Ishqulovich” MChJga tegishli yo‘nalishsiz taksi 1991 yilda tug‘ilgan Jonibek Asatullayev boshqaruvida bo‘lgan "NEXIA" rusumli davlat raqami 30 226 TTG hamda Lochin Nuriddinovga tegishli bo‘lgan "Zil" rusumli davlat raqami 30 Z 783 LA boshqaruvidagi avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi tufayli yo‘nalishsiz taksi haydovchisi hamda yo‘lovchisi voqea joyida qurbon bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi barcha haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.