Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishida ham kadrlar tayyorlanadi

Qabul kvotalari parametrlariga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga 2020-2021 o‘quv yili bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun 300 ta o‘rin ajratildi. Shundan 15 ta davlat granti, 285 ta to‘lov sharnomasi asosida talabalar o‘qishga qabul qilinadi.

Filialda yangi o‘quv yilidan soliq va soliqqa tortish yo‘nalishi ochiladi. Ushbu yo‘nalishga 25 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, barchasi to‘lov shartnomasi asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Shuningdek, 2020-2021 o‘quv yili sirtqi ta’lim shakli uchun 100 ta o‘rin ajratildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali axborot xizmati.