Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan 4 nafar shaxslar aniqlandi

Joriy yilning 14 mart kunidan 18 mart kunlari Samarqand viloyatida tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan 4 nafar shaxs aniqlanib ushlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmagan ma’muriy nazoratda turgan 5 nafar shaxslar aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi va tegishli tartibda sudlarga taqdim etildi.

Probatsiya bo‘limi hisobida turgan, qayta jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 251 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

2 nafar mahalliy hududda jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan shaxslarning jazosini og‘irroq jazoga almashtirish bo‘yicha sudga taqdimnomalar kiritildi.