Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda uch nafar mahkum jazodan ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan 2020 yil 5 iyun kuni shahar IIO probatsiya guruhining uch nafar mahkumni sud tomonidan tayinlangan jazolarni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi taqdimnomalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 27 dekabrdagi “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida berilgan tushuntirishlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi talabiga amal qilgan holda ko‘rib chiqildi. Mahkumlar sud tomonidan tayinlangan jazoning qonunda nazarda tutilgan qismini o‘taganliklari, jazoni o‘tash paytida o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganliklari va mehnatga halol munosabatda bo‘lganliklari e’tiborga olinib, ular o‘talmagan jazodan ozod qilindi.

Shuningdek, mahkumlarga jazoning o‘talmagan qismi mobaynida yangidan jinoyat sodir etishgan taqdirda, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi beshinchi qismi talablariga asosan, sud O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlanishi tushuntirildi.

Zarifa AHMEDOVA,

jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi.