Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoylik sayyohlar uchun zamonaviy karvonsaroylar qurish taklifi berildi

Samarqand viloyat hokimligida Xitoyning “BES Cultural Tourism Group” tashkiloti bosh direktori rahbarligida tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda delegatsiya a’zolari xitoylik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida restoran, mehmonxona, savdo hamda suvenerlar do‘konlarini o‘z ichiga qamrab olgan zamonaviy karvonsaroylar tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Xitoy Samarqandga 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishini ma’lum qildi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi.