Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan forum o‘tkazildi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida ’’Qizlar ovozi’’ forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir jamiyatda yosh xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularga ’’Muvaffaqiyatga erishish sirlari’’ mavzusida g‘oya berish, taklif va muammolarini tinglash maqsadida tashkil etildi.

- Forumda tashkilotchilarning samimiy muloqot qilgani alohida ahamiyatga ega, - deydi Samarqand shahridagi 30-maktab o‘qituvchisi Gavhar Niyozova. - Men ham o‘z taklifimni bildirdim. Masalan, ana shunday forum yoki seminarlarda ko‘proq yutuqlarga erishgan faol xotin-qizlarni taklif qilishga ko‘nikkanmiz. Aslida uncha faol bo‘lmaganlarning ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq.

Forumda ’’Qizlar ovozi’’ klubi koordinatorlari saylandi.