Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi konserva zavodi omborida yong‘in yuz berdi

Samarqand shahar Spitamen shoh ko‘chasida joylashgan «Samarqand konserva» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli konserva zavodi omborida yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha,  yong‘in 24 oktyabr, shanba kuni soat 20:20 atrofida sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirishda FVV hududiy boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv guruhi ishtirok etgan.

Yong‘in-qutqaruv guruhlari yong‘in sodir bo‘layotgan joyga 3 daqiqada yetib borgan. Yog‘och materiallari va boshqa buyumlar bo‘lgan omborxonani o‘chirish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt ketgan. Yong‘inning umumiy maydoni 650 kvadrat metrni tashkil etgan.

Tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.