Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi maktablarda tanqid qilingan holatlar o‘rganilmoqda

Kecha, 4 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 48-umumta’lim maktabida 8 mart bayramini nishonlash uchun pul yig‘ilishi to‘g‘risidagi maqola e’lon qilindi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi 42-umumta’lim maktabining sport zali va yuvinish xonasi ta’mirtalabligi to‘g‘risidagi maqola tarqaldi.

Hozirda ikkala holat ham shahar xalq ta’limi bo‘limining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi o‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.