Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga qancha abituriyent hujjat topshirdi?

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun onlayn qabul orqali abituriyentlar hujjat topshirmoqda.

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan bugungi kungacha bo‘lgan raqamlar quyidagicha:

Samarqand davlat universitetiga – 14855 nafar;

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 1943 nafar;

Samarqand davlat chet tillar institutiga – 1851 nafar;

Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 3159 nafar;

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga – 1302 nafar;

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 1611 nafar;

TATU Samarqand filialiga – 717 nafar;

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga – 773 nafar;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 165 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, Samarqand davlat universiteti qabul uchun hujjat topshirayotgan abituriyentlar soni bo‘yicha respublikada ham birinchi o‘rinda turibdi.