Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik pillakorlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi

Samarqand shahrida joylashgan “Samarqand Tian Zhu Silk Worm” qo‘shma korxonasida pillakorlar va soha mutaxassislari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Tadbirda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, pillani qayta ishlash korxonalari, “Agropilla” MChJ vakillari, laboratoriya xodimlari, agronomlar hamda ilg‘or pillakorlardan iborat 150 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

Seminarda sifatli pilla yetishtirishda ko‘plab omillar qatori ipak qurtiga ozuqa yetkazib berish alohida ahamiyatga egaligi, bu borada viloyatda pillachilik korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sifatli va mo‘l pilla yetishtirishni tashkil etish, mahalliy tut, ipak qurti urug‘ini tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Ilg‘or pillakorlar faoliyatiga oid misollar keltirilib, pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurti parvarishlash va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish borasidagi dolzarb vazifalar tushuntirib berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar “Samarqand Tian Zhu Silk Worm” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.