Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik sambochilar jahon chempionatida bittadan oltin va kumush hamda 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 8-10 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chunju shahrida sambo bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 5 nafar samarqandlik sambochilar qantashib 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Viloyatimiz vakili Davlat Hamroyev nufuzli musobaqada 62 kilogramm vazn toifasida yagona oltin medalni qo‘lga kiritib, 3000 AQSh dollariga ega chiqdi.

Yana bir sambochimiz Ulug‘bek Rahmonov kumush medal va 2000 AQSh dollari bilan taqdirlandi. Shuningdek, sportchilarimizdan Hakimjon Ismoilov, Avazbek Abdujalilov va Ne’mat Yoqubovga bronza medali hamda 1500 AQSh dollaridan berildi.

Axror ShAMSIYeV.