Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik tadbirkor Umar bilan bog‘liq jinoyat ishi apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda

Avvalo, ishning mohiyati haqida. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining (sudya J.G‘aybullayev) 2020 yil 13 yanvardagi hukmi bilan sudlanuvchi;

1. Radjabov Olim Xatamovichga O‘zbekiston Respublikasi JKning 132-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismiga asosan 11 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

2. Radjabov Ruslan Olimovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 132-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi 8-qismiga asosan 8 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

3. Ablaqulov Shavkat Axrorqulovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 132-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismiga asosan 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

4. Adilov Miralam Irkinovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismiga asosan 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

5. Fayziyev Fayzullo Ulmasovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 132-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismiga asosan 10.136.500 so‘m jarima va 7 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

6. Kim Oleg Aleksandrovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari va 189-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 59 va 61-moddalariga asosan 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

7. Turayeva Sanavar Tadjimuratovna O‘zbekiston Respublikasi JKning 189-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasiga asosan ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

8. Suvanov Oybek Mamayusupovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 189-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasiga asosan sud tomonidan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2020 yil 13 yanvardagi hukmiga nisbatan sudlanuvchilar R.Radjabov, O.Kim va M.Adilovlar tomonidan apellyasiya tartibida shikoyat hamda Samarqand shahar prokurorining o‘rinbosari U.Hakimov tomonidan bildirilgan apellyasiya protestiga asosan jinoyat ishi viloyat sudining apellyasiya instansiyasida ko‘rish uchun 2020 yil 25 fevral kuniga tayinlangan.

Shu kuni ochiq sud majlisida sudlanuvchilar va ularning himoyachilari hamda jabrlanuvchilar ishtirokida viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘.Mamadaliyev, hay’at sudyalari J.Botirov va I.Xamidovlardan iborat tarkibda sudlov hay’ati muhokamasi boshlandi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 330 nafar shaxslar jabrlanuvchi deb topilganligi sababli ularda ish bo‘yicha biron bir tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda viloyat sudining 66-234-28-13 raqamli xizmat telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

Keyingi sudlov hay’ati majlisi 2020 yil 4 mart kuni soat 10:00 da  bo‘lib o‘tadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi.