Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandning iqtisodiy o‘sish nuqtalari belgilandi: 3-o‘sish nuqtasi

“Bu yo‘nalish yangi texnologik yondashuvlar asosida kimyo va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hisoblanadi, - deydi Dilshod Shakarboyev. - Qishloq xo‘jaligi va sanoatda kimyoviy xomashyolarning o‘rni yuqori. Yangi turdagi kimyoviy o‘g‘itlar va 50 million dollarga yaqin import qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha infrastruktura va ko‘nikma mavjud”.

Viloyatda 246,9 ming gektar ekin maydoni bor. Ushbu maydonlarning 48,2 ming gektari tomchilatib sug‘orish tizimiga o‘tkazilgan. Shuning uchun tomchilatib sug‘orish uchun zarur bo‘lgan quvurlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish davr talabi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda 27 ta loyiha ishga tushiriladi.

Masalan, “Samarqandkimyo” zavodiga Kipr davlati investori “Ferkensco Management Limited” tomonidan 200 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilmoqda. Natijada yiliga 300 ming tonna ammofos va shuncha miqdorda “MPK”, 26,5 ming tonna tomchilatib sug‘orish quvurlari ishlab chiqariladi. Minga yaqin yangi ish o‘rni yaratilib, byudjetga qo‘shimcha 138,2 milliard so‘mlik tushum bo‘ladi.